Ixtisoslashtirilgan tadqiqot korpusi

O'zbek tilida vafodorlik leksik-semantik uyasining elektron korpusi

Vafodorlik uyasiga mansub birliklarning yozma manbalardagi annotatsiyalangan kontekstlarini qidiring, filtrlang va tahlil qiling.

747

Kontekstlar

61

Asarlar

26

Mualliflar

48

Qidiruv birliklari

“

Kontekst — ma'noning voqelanish muhiti, korpus esa uni tizimli tahlil qilishning empirik asosidir.

Tez va aniq qidiruv

Qidiruv birligi, muallif, asar va kollokatsiya bo'yicha bir necha soniyada natija.

Statistik ko'rsatkichlar

Korpus tarkibi bo'yicha avtomatik hisoblanadigan statistik ma'lumotlar.

Ilmiy manbalar

Turli asr va janrlarni qamrab olgan tekshirilgan yozma manbalar.

Izchil annotatsiya

Belgilangan qoidalar asosida bir xilda yozilgan, ishonchli kontekstlar.

Korpus haqida

Maqsad

VafodorlikCorpus.uz — o'zbek tilida vafodorlik leksik-semantik uyasini tashkil etuvchi birliklarning yozma manbalardagi qo'llanishini o'rganishga mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan annotatsiyalangan elektron tadqiqot korpusidir.

Korpusda vafodorlik semantikasi bilan bog'langan vafodorlik, vafodor, vafo, sadoqat, sodiqlik, sodiq, fidoyilik, fidokorlik, sidq, sidqidil va ular bilan bog'liq boshqa leksik hamda leksik-frazeologik birliklarning tarixiy va zamonaviy yozma manbalardagi kontekstual qo'llanishlari jamlangan.

Har bir kontekst muallif, asar, tarixiy davr va qidiruv birligi kabi metama'lumotlar bilan birgalikda yagona elektron bazada tizimlashtiriladi.

Korpusning asosiy maqsadi o'zbek tilida vafodorlik semantikasini verbalizatsiya qiluvchi birliklarning leksik-semantik tarkibi, paradigmatik munosabatlari, kontekstual xususiyatlari, kollokatsion imkoniyatlari hamda tarixiy taraqqiyotini empirik til materiali asosida tadqiq etish uchun elektron ilmiy muhit yaratishdan iborat.

VafodorlikCorpus.uz korpus materiallarini qidiruv birligi, muallif, asar, tarixiy davr va matn tarkibidagi so'zlar bo'yicha qidirish, filtrlash hamda har bir kontekstni manba ma'lumotlari bilan birgalikda ko'rib chiqish imkonini beradi.

Korpus filologiya, leksikologiya, semantika, frazeologiya, korpus lingvistikasi, lingvoma'naviy tadqiqotlar hamda o'zbek tilining tarixiy taraqqiyotiga oid izlanishlarda qo'shimcha empirik manba sifatida foydalanishga mo'ljallangan.

Korpus tarkibi

Korpus manbalari

Korpusning dastlabki bazasi o'zbek yozma merosining turli davrlariga mansub mualliflar asarlaridan ajratib olingan kontekstlardan tashkil topgan. Asar nomi yonida foydalanilgan nashrning yili ko'rsatilgan; matnning tarixiy davri alohida qayd etiladi.

Hamza Hakimzoda Niyoziy

111
  • To'la asarlar to'plami. 1-tom.1988-yil
  • Turkiy adabiyot durdonalari. Muqimiy. Furqat. Hamza 11-jild2022-yil
  • To'la asarlar to'plami. 2-tom.1988-yil
  • To'la asarlar to'plami. 4-tom.1988-yil
  • To'la asarlar to'plami. 3-tom.1988-yil
  • To'la asarlar to'plami. 5-tom.1988-yil

Alisher Navoiy

105
  • Mukammal asarlar to'plami. 20 tomlik. 8-tom. Farhod va Shirin1991-yil
  • Mukammal asarlar to'plami. 20 tomlik. 9-tom. Layli va Majnun1992-yil
  • Mukammal asarlar to'plami. 20 tomlik. 7-tom. Hayrat-ul abror1991-yil
  • G'aroyib us-sig'ar1978-yil
  • Qaro ko'zum. G'azallar1988-yil
  • Badoe ul vasat1990-yil
  • Xazoinul maoniy. Navodir ush-shabob1989-yil

Oybek

71
  • Navoiy2004-yil
  • Quyosh qoraymas1977-yil
  • Mukammal asarlar to'plami. 4-tom1976-yil
  • Qutlug' qon1969-yil
  • Mukammal asarlar to'plami. 2-tom1975-yil
  • Mukammal asarlar to'plami. 3-tom1976-yil
  • Sozim1980-yil
  • Mukammal asarlar to'plami. 1-tom1975-yil

Ogahiy

68
  • Turkiy adabiyot durdonalari. Ogahiy 9-jild2022-yil
  • Ogahiy2022-yil

Furqat

44
  • Turkiy adabiyot durdonalari. Muqimiy. Furqat. Hamza 11-jild2022-yil

Abdulla Qodiriy

37
  • O'tkan kunlar2004-yil
  • Mehrobdan chayon2004-yil

Nodira

36
  • Nodira she'riyatidan1979-yil
  • Turkiy adabiyot durdonalari. Uvaysiy. Nodira 10-jild2022-yil
  • Asarlar. 1-jild.1968-yil

Mashrab

28
  • Agar oshiqligim aytsam2004-yil
  • Mashrab. So'fi Olloyor2022-yil

Abdulla Avloniy

28
  • Tanlangan asarlar. 2-jild.2006-yil
  • Tanlangan asarlar. 1-jild.2009-yil

Zahiriddin Muhammad Bobur

27
  • Zahiriddin Muhammad Bobur. Nazm durdonalari1995-yil
  • Bobur devoni2004-yil

O'tkir Hoshimov

26
  • Nur borki, soya bor1977-yil
  • Ikki eshik orasi2016-yil
  • Ikki karra ikki besh2007-yil
  • Bahor qaytmaydi2016-yil

Xoja Ahmad Yassaviy

23
  • Devoni hikmat2004-yil

Abdurauf Fitrat

23
  • Tanlangan asarlar. 5-jild.2010-yil
  • Tanlangan asarlar. 3-jild.2000-yil
  • Tanlangan asarlar. 4-jild.2006-yil
  • Tanlangan asarlar. 1-jild.2000-yil
  • Tanlangan asarlar. 2-jild.2000-yil

Muqimiy

19
  • Turkiy adabiyot durdonalari. Muqimiy. Furqat. Hamza 11-jild2022-yil

Nosiruddin Rabg'uziy

18
  • Qissasi Rabg'uziy 2-kitob1991-yil
  • Qissasi Rabg'uziy 1-kitob1990-yil

Sayfi Saroyi

17
  • She'rlar. Guliston1968-yil

So'fi Olloyor

14
  • Mashrab. So'fi Olloyor2022-yil
  • Sabotul ojiziyn1991-yil

Uvaysiy

14
  • Turkiy adabiyot durdonalari. Uvaysiy. Nodira 10-jild2022-yil

Lutfiy

10
  • Lutfiy2020-yil

Abdulhamid Cho'lpon

8
  • Kecha va kunduz2000-yil
  • Adabiyot nadir1994-yil

Abdulla Qahhor

6
  • Asarlar. 2-jild. Qo'shchinor chiroqlari1987-yil

Xorazmiy

4
  • Muhabbatnoma1971-yil

Komil Xorazmiy

4
  • Tanlangan she'rlar1961-yil

Muhammad Rahimxon Feruz

4
  • Ne bo'ldi, yorim kelmadi1991-yil

Mahmudxo'ja Behbudiy

1
  • Tanlangan asarlar1999-yil

Huvaydo

1
  • Devon2007-yil

Metodologiya

Korpusni shakllantirish tamoyillari

Korpusning tadqiqot obyektini o'zbek tilidagi vafodorlik leksik-semantik uyasiga mansub birliklarning yozma nutqda voqelanishi tashkil etadi. Tadqiqot materiali sifatida turli tarixiy davrlarga mansub badiiy, diniy-ma'rifiy, publitsistik va boshqa yozma manbalardan ajratib olingan kontekstlardan foydalaniladi.

Korpusning ilmiy maqomi

VafodorlikCorpus.uz umumtil korpusi emas, balki muayyan leksik-semantik hodisani o'rganishga mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan tadqiqot korpusidir. Shu sababli undagi miqdoriy ko'rsatkichlar avvalo korpusga kiritilgan material doirasidagi birliklar taqsimotini ifodalaydi va o'zbek tilidagi umumiy qo'llanish chastotasi sifatida talqin qilinmaydi.

Materiallarni tanlash mezonlari

Korpusga vafodorlik semantikasi bilan paradigmatik, semantik yoki funksional jihatdan bog'langan birliklar ishtirok etgan kontekstlar kiritiladi. Birliklarni tanlashda lug'aviy ma'no, semantik komponentlar, sinonimik va yaqin ma'noli munosabatlar, kontekstual qo'llanish hamda tarixiy taraqqiyot hisobga olinadi.

Uyaga mansub asosiy birliklar sifatida vafodorlik, vafodor, vafo, sadoqat, sodiqlik, sodiq, fidoyilik, fidoyi, fidokorlik, fidokor, sidq, sidqidil, sidqidillik hamda ular ishtirokidagi leksik-frazeologik birliklar olinadi. Bu birliklar mutlaq sinonim emas: ularning har biri vafodorlik semantikasini o'ziga xos ma'no qirrasi va qo'llanish doirasi bilan ifodalaydi.

Kontekst korpusga o'rganilayotgan birlikning ma'nosi va qo'llanish xususiyatini aniqlash uchun yetarli hajmda kiritiladi. Bir manbada aynan takrorlangan kontekstlar alohida yozuv sifatida qayta kiritilmaydi.

Lemmalash va qidiruv birliklari

Matnda uchragan so'z shakllari asosiy lug'aviy shakliga biriktiriladi. Masalan, sodiqning, sodiqqa, sodiqlar shakllari sodiq lemmasi ostida, vafodorlikni, vafodorligi shakllari esa vafodorlik lemmasi ostida qayd etiladi. Ko'p komponentli birliklar va barqaror birikmalar (masalan, vafo qilmoq, fido qilmoq) alohida qidiruv birligi sifatida qayd etiladi. Kontekstning asl matndagi ko'rinishi o'zgartirilmaydi.

Korpusda quyidagi tushunchalar farqlanadi:

  • lemma — so'zning lug'aviy (asosiy) shakli
  • so'z shakli — lemmaning matnda uchragan grammatik shakli
  • ko'p komponentli birlik — ikki va undan ortiq komponentdan tarkib topgan leksik-frazeologik birlik
  • kollokatsiya — birlikning kontekstda boshqa so'z bilan hosil qilgan barqaror yoki muntazam birikmasi
  • qidiruv birligi — korpusda kontekst biriktiriladigan lemma yoki ko'p komponentli birlik

Kontekst va manba ma'lumotlari

Har bir korpus yozuvi imkon qadar quyidagi ma'lumotlar bilan birga qayd etiladi:

  • qidiruv birligi
  • kontekst
  • muallif
  • asar yoki manba nomi
  • tarixiy davr (matnning yaratilish davri bo'yicha)
  • foydalanilgan nashrning yili
  • sahifa yoki manba identifikatori
  • zarur hollarda kollokatsion birikma

Bu ma'lumotlar korpus materialini muallif, asar, tarixiy davr va qidiruv birliklari bo'yicha qidirish hamda qiyoslash imkonini beradi.

Davrlashtirish

Korpus materiallari matnning yaratilish davri, u aniq bo'lmagan hollarda esa muallifning ijod davri asosida tarixiy davrlar bo'yicha tasniflanadi. Sanasi aniq bo'lmagan tarixiy matnlar uchun manbashunoslik va adabiyotshunoslikda qabul qilingan davriy tavsiflardan foydalaniladi.

Tarixiy tahlilda matnning yaratilish davri bilan foydalanilgan nashrning sanasi o'zaro farqlanadi. Matnning lingvistik davri diaxron tasnif uchun asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi, nashr yili esa bibliografik metama'lumot sifatida alohida qayd etiladi. Masalan, XV asrda yaratilgan matnning XX asrdagi nashri korpusda XV asr materiali sifatida tasniflanadi.

Bir necha asrga taalluqli manbalar (masalan, XIX–XX asr) har bir tegishli asr ostida hisobga olinadi. Shu sababli tarixiy davrlar bo'yicha ko'rsatkichlar yig'indisi kontekstlar umumiy sonidan ortiq bo'lishi mumkin.

Annotatsiya tamoyillari

Annotatsiya oldindan belgilangan yagona mezonlar asosida amalga oshiriladi. Qidiruv birligi, muallif nomi, asar, tarixiy davr va boshqa metama'lumotlar korpus bo'ylab bir xil shaklda kiritiladi. Asl matnning grafik va imloviy xususiyatlari imkon qadar saqlanadi; zarur normallashtirishlar esa qidiruv va tasniflash maqsadida alohida metama'lumot darajasida amalga oshiriladi.

Korpusning ochiq va rivojlanuvchi xususiyati

VafodorlikCorpus.uz yopiq hajmdagi statik baza sifatida emas, yangi manbalar va kontekstlar bilan bosqichma-bosqich kengayib boruvchi tadqiqot resursi sifatida shakllantiriladi. Korpus tarkibidagi statistik ko'rsatkichlar bazaga yangi materiallar qo'shilishi bilan yangilanib boradi.

Biz haqimizda

Loyiha jamoasi

Loyiha muallifi

Umurzaqova Aziza Baxtiyor qizi

Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti

VafodorlikCorpus.uz — o'zbek tilida vafodorlik leksik-semantik uyasiga mansub birliklarning semantik, kontekstual, kollokatsion va tarixiy xususiyatlarini yozma manbalar asosida tizimli o'rganishga yo'naltirilgan elektron ilmiy resurs.

Korpusning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish, tadqiqot yo'nalishini belgilash, manbalarni tanlash, vafodorlik uyasiga kiritiladigan birliklar doirasini aniqlash, kontekstlarni yig'ish va saralash, lemmalash hamda annotatsiya mezonlarini ishlab chiqish korpus yaratuvchisi tomonidan amalga oshirilgan.

Korpus materiali turli tarixiy davrlarga mansub yozma manbalar asosida shakllantiriladi; uyaga mansub birliklarning kontekstual qo'llanishlari muallif, asar, tarixiy davr, qidiruv birligi va bibliografik ma'lumotlar bilan birgalikda tizimlashtiriladi.

Ilmiy rahbar

Yuldashev Farrux Haqberdiyevich

Filologiya fanlari doktori, professor

Korpusning ilmiy-metodologik yo'nalishi dissertatsiya tadqiqotining umumiy konsepsiyasi doirasida ilmiy rahbar tavsiyalari va maslahatlari asosida takomillashtirib boriladi. Ilmiy rahbar tadqiqotning nazariy asoslari, tahlil mezonlari va ilmiy yondashuvlarini shakllantirish jarayonida ilmiy maslahat va metodologik yo'naltirishni amalga oshiradi.

VafodorlikCorpus.uz yangi manbalar, kontekstlar va annotatsion ma'lumotlar bilan bosqichma-bosqich kengaytirib boriladigan elektron tadqiqot resursi hisoblanadi.

Huquqiy

Foydalanish va iqtibos berish qoidasi

Korpusdagi kontekstlar ilmiy-tadqiqot va ta'lim maqsadlarida erkin foydalanish uchun ochiq. Material asosida tayyorlangan ilmiy ish, maqola yoki tadqiqotda korpusga quyidagi shaklda iqtibos berish so'raladi:

VafodorlikCorpus.uz. O'zbek tilida vafodorlik leksik-semantik uyasining annotatsiyalangan elektron korpusi [Elektron manba]. URL: https://vafodorlikcorpus.uz/ (murojaat sanasi: __.__.____).

Kontekstlarning asl manbalari (asar, muallif) tegishli holatlarda alohida ko'rsatilishi kerak. Korpus materialini tijorat maqsadida ko'paytirish yoki qayta tarqatishdan oldin loyiha egasi bilan bog'lanish tavsiya etiladi.

Huquqiy

Maxfiylik siyosati

Sayt ommaviy foydalanuvchidan ro'yxatdan o'tishni yoki majburiy shaxsiy ma'lumot taqdim etishni talab qilmaydi. Bog'lanish uchun footerda ko'rsatilgan email, telefon yoki Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin; bu murojaatlar to'g'ridan-to'g'ri amalga oshadi va sayt tomonidan saqlanmaydi.